Profilaktik tibbiyot: amaliyot va samara
Andijonda “Profilaktik tibbiyot: bugun va ertaga” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida yurtimizda faoliyat olib borayotgan xorijiy tibbiy va farmatsevtik kompaniyalarning dori-darmonlari, surunkali noinfeksion hamda yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan asbob-uskuna va vositalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Anjumanda kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolashda samarali usullarni qo‘llash, davolash jarayoniga ilg‘or tajribalarni tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, mutaxassislarning bilim va tajribasini yuksaltirish, xorijlik shifokorlar bilan hamkorlikni, xalqaro aloqalarni kengaytirish, davolashda ilg‘or va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Germaniyaning Regensburg universiteti va klinikasi olimlari tomonidan ichak o‘smalarini tashxislash va davolash bo‘yicha onlayn tarzda mahorat darslari tashkil etildi. Rossiya, Belarus va ukrainalik olimlar mavzu doirasidagi ma’ruzalari bilan qatnashib, mamlakatimiz tibbiyotida erishilayotgan yutuqlarga yuksak baho berdi.
Umidjon MAMARASULOV,
Andijon viloyati