7 kun davomida

Poytaxtimizda “Bolalar xirurgiyasi va anesteziologiya-reanimatologiyasida zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalari” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat va tuman ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonalari rekonstruksiya qilinib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlangani bolalar jarrohligidagi ilg‘or tajribalarni samarali qo‘llashda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, ilg‘or davolash usullari va texnologiyalarini joriy etish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

 

Yurtimizda 5 iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan ekologiya haftaligi boshlandi. Ushbu muhim sana jamiyatimizdagi ustuvor vazifalardan kelib chiqib, har yili biror dolzarb ekologik mavzuga bag‘ishlanadi. Bu yil yovvoyi tabiatni muhofazalash masalasi kun tartibiga kiritildi.

Tadbirda 2013–2017 yillarda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tashkilot va korxonalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ekologik sof texnologiyalar va innovatsiyalar” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan yurtimizda aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qaratilgan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” shiori ostidagi salomatlik haftaligi boshlandi.

Haftalik doirasida shifokorlar xonadonlarda bo‘lib, nuroniylar, jismoniy imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olmoqda. Muloqotlarda oilada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan tushuntirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilayotir.

 

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Toshkent shahar tayanch maskani tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari hamda 23-“Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilarining Toshkent “Hayvonot bog‘i”ga sayohati uyushtirildi.

Sayohat davomida bolalar bepul atraksionlardan foydalanishdi. Shuningdek, bolalar mutaxassis-xodimlar tomonidan hayvonot olami, tropik o‘simliklar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 

“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi.

Yana o‘qing:  Mutolaa ma’naviy kamolotga yetaklaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: