G‘aroyib quyosh batareyasi
Janubiy Koreyaning Kvanju shahridagi fan va texnologiyalar instituti mutaxassislari organizmga implantatsiya qilinadigan qurilmalarning (masalan, kardiostimulyatorlar) uzluksiz faoliyatini ta’minlaydigan mitti quyosh batareyasini yaratdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, inson organizmiga o‘rnatiladigan tibbiy qurilmalarning oddiy batareyalari besh-sakkiz yildan so‘ng ishdan chiqadi. Shundan keyin ularni almashtirish uchun qayta jarrohlik amaliyoti o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Mazkur ixtiro esa elektr energiyasi yetishmovchiligi muammosini hal etish imkonini beradi. Shuningdek, ikki soat quyoshdan quvvat olish sutka davomidagi faoliyat uchun xizmat qiladi. Qurilma inson sochining o‘n beshdan biri qalinligidagi egiluvchan plastinadan iborat. 647 mikrovatt kuchga ega batareya maydoni esa 0, 07 kvadrat santimetrdan oshmaydi.
Nigina BOTIROVA