Bananli tort
Kerakli masalliqlar: 2 dona tayyor biskvit, 1 litr sut, 300 gr. shakar, 250 ml. olcha murabbosi, 250 gr. sariyog‘, 6-8 dona banan, 1 o‘ram vanilinli shakar, 5 osh qoshiqdan kraxmal va un.
Tayyorlanishi: sut, shakar, vanilinli shakar va unni aralashtirib, olovga qo‘ying. Birozdan so‘ng unga kraxmal soling. Aralashma qaynab chiqqunga qadar, tez-tez aralashtirib turing. Krem bo‘tqa ko‘rinishiga kelgach, olovdan oling va sovugach, xona haroratida eritilgan sariyog‘ni qo‘shib, aralashtiring.
Biskvitning ichini biroz o‘yib, olcha murabbosi va tayyor kremdan solib, ustini tekislang. Bananlarni tozalab, 4 tasini butunligicha, 4 tasini esa bo‘laklarga bo‘lib, krem ustiga joylashtiring. So‘ng, yana krem surtib, ikkinchi biskvitni qo‘ying. Biskvit bo‘laklarini maydalang, tort yuziga krem surib, 6 soatga muzlatkichga qo‘ying.
BEGOYIM