Mirali – xalqaro turnir g‘olibi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mirali Sharipov Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Turnirda 80dan ziyod davlatdan 500ga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar va joriy yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘ladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi reyting ochkolari uchun kurash olib bordi.

73 kilogrammgacha vazndagi polvonlar o‘rtasidagi bellashuvlarning final uchrashuvida hamyurtlarimiz Mirali Sharipov va G‘iyosjon Boboyev gilamga tushdi. Ushbu qarama-qarshilikda M. Sharipov g‘alaba qozonib, muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, vazni 60 kilogrammgacha polvonlar o‘rtasida iqtidorli sportchimiz Diyorbek O‘rozboyev bronza medalni qo‘lga kiritdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Bananli tort

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: