Odam savdosi – davr muammosi

1-Toshkent pedagogika kollejida “Odam savdosi – davr muammosi” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Toshkent shahar prokuraturasi, shahar Ichki ishlar boshqarmasi, “Kamolot”yoshlar ijtimoiy harakati, “Istiqbolli avlod” maslahat markazi va 1-Respublika tibbiyot kolleji hamkorligida tashkil etildi.

Davra suhbatida hamkor tashkilotlar tomonidan tayyorlangan “Yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni shakllantirish”, “Odam savdosi va uning salbiy oqibatlari”, “Yoshlar odam savdosiga qarshi”, “Xalqaro migratsiya jarayoniga odam savdosining salbiy ta’siri”nomli ma’ruzalar tadbir ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi. Shuningdek, 1-Toshkent pedagogika kolleji o‘qituvchilari va 1-Respublika kolleji o‘quvchilarining mavzuga doir chiqishlari namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida ommaviy axborot vositalari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdilar.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Bayramga tuhfa

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: