USTOZ MUSAVVIRLARNI YOD ETIB…

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida qoraqalpoq tasviriy san’ati tarixida chuqur iz qoldirgan musavvirlar ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.

Unda o‘ndan ortiq rassomning asarlari namoyish etildi.

Marhum rassomlar Qauyender Berdimuratovning “Jiyen jirov”, Faim Madgazinning “Orol”, Po‘lat Qoraboyevning “Kechki podaning qaytishi”, Jo‘lliboy Izentayevning “O‘zgacha tun”, “Dasturxon atrofida”, Uzoqboy Saparovning “Quyosh botishi”, “Orol to‘lg‘anishi”, Jo‘ldas Bekanovning “Natyurmort”, Muratboy Qudaybergenovning “Sholi dalasi”, “Qizketken”, Murat Dushanovning “Qizilqum”, Bo‘ronboy Tangirbergenovning “Yigit portreti”kabi asarlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan haykaltaroshlik asarlari, jumladan, taniqli haykaltarosh Omon Otaboyevning “Taxt”, Islom Alibekovning “Ertak”kompozitsiyalarini muxlis va mutaxassislar yuqori baholadi.

Tadbir doirasida tajribali rassomlar tomonidan mahorat saboqlari o‘tkazildi.

Sh. XO‘JAQULOV

Yana o‘qing:  SALOMATLIK POSBONLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: