OILA – MA’NAVIYAT MASKANI
Yaqinda Yunusobod tumanining “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Oila – ma’naviyat maskani” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla”xayriya-jamoat fondi Toshkent shahar filiali, tuman FXDYo bo‘limi, “Oila” markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, tuman “Yarashtirish komissiyasi” vakillari hamda 100 nafarga yaqin mahalla ayollari ishtirok etdi.
Tadbirda ta’kidlanishicha hududda xotin-qizlar tomonidan salbiy holatlar kuzatilmaganiga sabab hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ijtimoiy sheriklikning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, mahallalarda o‘tkaziladigan “Oila sirlari” savodxonlik o‘quv mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi ijobiy samara bermoqda.
Shuningdek, tadbirda ma’naviyat farzandlarga ota-onalarning fazilatlari, ezgu amallari orqali singishi, ularni mehnatsevarlikka, kitobni sevishga, tabiatni asrab-avaylashga o‘rgatish, qizlarni oilaga, hayotga tayyorlash eng muhim vazifalardan ekani haqida so‘z yuritildi.
O‘z muxbirimiz