Bokschilarimiz yarim finalda

Kuni kecha Rossiyaning Ulyanovsk shahridagi “Volga – Sport – Arena” muz saroyida Butunjahon Boks seriyasi (WSB) turnirining chorak final bahslari o‘tkazildi. Unda musobaqada ilk bor ishtirok etayotgan mamlakatimizning “O‘zbek yo‘lbarslari” jamoasi, Rossiyaning “Russian Boxing Team” jamoasiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, bokschilarimiz raqiblarini 6: 4 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Vakillarimizdan Shahobiddin Zoirov, Elnur Abduraimov, Mirzohidjon Abdullayev, Hasanboy Do‘stmatov, Murodjon Ahmadaliyev, Anvar Turopovlar raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, rossiyaliklardan Albert Karibyan, Imam Xatayev, Aleksandr Agafonov va Ilya Kvasnikovlar g‘alaba nashidasini surishdi.

Endi yarim final uchrashuvida “O‘zbek yo‘lbarslari” jamoasi musobaqa g‘olibligiga asosiy da’vogar sanalgan Kubaning “Cuba Domadores” jamoasi bilan final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Ushbu yarim final uchrashuvlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon Boks seriyasining VI mavsumi yakunida shaxsiy reyting bo‘yicha 10 ta vazn toifasida 17 nafar bokschiga Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalari taqdim etiladi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  MAHALLA – QADRIYATLAR OSHIYONI, HAMJIHATLIK MASKANI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: