IKKI YULDUZ OG‘USHIDA

Bir zum ishxonada ko‘rinmasa o‘rni bilinadigan ijodkor do‘stimiz Yusuf Abdullayev hash-pash deguncha ellik yoshni qarshilabdi, desa ishongimiz kelmaydi. Bu dunyoda tartibli yashash har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Bizning Yusuf og‘amizda ajoyib xislatlar bisyor.

U ishxonaga kelgach, ish stoliga o‘tirishi bilan eng avvalo yangi ish kuni xayrli o‘tishini tilab duoga qo‘l ochadi. Oshxonaga tushganimizda albatta nonushtadan oldin bir chimdim tuzni tili ostiga tashlab qo‘yishni unutmaydi.

Buning salomatlikka foydasi bor, bobolardan qolgan udum, deydi. Eng qizig‘i, ko‘zoynagini rosa qadrlaydi. Ishdan qaytish oldidan unga lof bo‘lsa ham o‘n daqiqalar ishlov berib, so‘ng yaxshilab artib-avaylab g‘ilofga joylaydi. Ishxonadan maosh olgan kunimiz og‘aning yuziga qizillik yuguradi. U mayda-chuyda so‘mlarni ham, bittama-bitta sanab gulini guliga to‘g‘irlab qo‘yishdan charchamaydi.

Yana bir ajoyib xislati gazetaning har bir sonida hozirjavoblik qilib, allaqanday bir mavzu o‘ylab topgan va kamida uch-to‘rt qog‘ozni qoralab muharrir xonasiga oshiqqan bo‘ladi. Topgan katta mavzusi o‘z hosilini bermay, chizilib-titilib, bulbulning qanoticha bo‘lib chiqsa ham xursand bo‘ladi. Ranjimaydi. Shukur qiladi. Nim tabassum ila yana o‘zining odatiy ishini davom ettirishdan tolmaydi. Hayotning katta-kichik «o‘yin»larini ko‘raverib diydasi qotgan Yusuf og‘a mening hayotdagi ters beo‘xshov hatti-harakatlarimni ko‘rganda hayratga tushadi. Tayyorlagan maqolamning bir parchasi muharrirga ma’qul kelmay qolsa, ich-etimni yeb ado bo‘laman va o‘sha noshud yozuvlarimni butunligicha bahridan o‘tib, yirtib g‘ijimlab tashlagan chog‘larim do‘stimizdan muloyimgina “hay-hay shoir” degan tanbeh eshitgan bo‘laman. Juma kuni keldi deguncha og‘aga jon kiradi. U peshindan keyin muloyimgina sumkasini olib, Otabekka o‘xshab dovondan oshib, Chustga tomon oshiqadi. Xuddi qaldirg‘ochlardek charx urib oilasi boshida parvona bo‘ladi. Dunyoning barcha ishlariga erinmay asta-sekinlik bilan erishib borayotgan qardon do‘stimiz Yusuf Abdullayevning ijod olamida tanimaydigan odami yo‘q. Roppa-rosa yigirma yil “Sharq yulduzi” jurnalida faoliyat ko‘rsatib, qariyb yetti yildirki “Tong yulduzi” gazetasida ishlab kelayotgan do‘stimiz ikki yulduz og‘ushida mahliyo bo‘lib ijodining gullagan pallasini o‘tkazmoqda, desak xato bo‘lmaydi.

AXTAMQULI

Yana o‘qing:  TISHLAR SOG‘LOM BO‘LISHINING ODDIY USULLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: