Men ham saylovda ovoz beraman

Mahalla azaldan tinchlik-totuvlik, mehr-oqibat maskani bo‘lib kelgan. Qolaversa, inson kamolotida ham uning tutgan o‘rni beqiyosdir. Shu bois bo‘lsa kerak, xalqimiz bir bolaga yetti mahalla ota-ona, degan purma’no hikmatga qat’iy amal qilib yashaydi.

Quvonarlisi, istiqlol yillarida mahallaning mavqeini yuksaltirishga alohida e’tibor qartilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishini ta’minlashda, uning roli tobora ortib borayotir.

Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi Hasanboy nomli mahalla men tug‘ilib o‘sgan muqaddas go‘sha. Homid aka Rustamov bir necha yildan buyon mahallamiz rais (oqsoqol)i lavozimida faoliyat yuritib keladi. Bu fidoyi inson boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan doimo xabar oladi. Yoshlarning ta’lim olishiga, sport bilan shug‘ullanishiga, bandligini ta’minlashga bosh-qosh bo‘lib, aholining hamjihatlikda yashashiga katta hissa qo‘shayotgan jonkuyar oqsoqol.

Shu bois mahallamizdan juda ko‘plab ziyoli insonlar yetishib chiqqan. Masalan, texnika fanlari doktori Turg‘un Sodiqovni olaylik. U kishi mana bir necha yildirki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘simliklar moddasi institutida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Salohiyatli bu olim ilmiy izlanishlari bilan nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda nom qozongan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Jo‘raqul Sattorov esa paxta yetishtirish sohasiga yangicha texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha Andijonda ulkan izlanish olib borgan. Hozirgacha qishloq xo‘jaligida u yaratgan yangiliklardan keng foydalaniladi. Bu insonlar mahallamizning chinakam faxridir.

Barchamizga ma’lumki, shu yilning may-iyun oylarida fuqarolar yig‘inlari raisi va ularning maslahatchilari saylovi o‘tkaziladi. Ushbu tadbirda mahallamiz fuqarolari xohish-istaklariga ko‘ra o‘zlariga ma’qul nomzodni tanlaydilar.

Nasib bo‘lsa, yaqinlashib kelayotgan saylovda men ham eng munosib nomzodga ovoz beraman. Mahallamning yanada gullab-yashnashiga, obod bo‘lishiga o‘z hissamni qo‘shaman.

Ziyoda OQILXONOVA

Yana o‘qing:  Yashnayotgan yurt – yasharayotgan yurt

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: