Ham velosiped, ham avtomobil
Mikayel Kyelman avtomobil hamda velosiped gibridi bo‘lgan “PodRide”ni ixtiro qildi.
“PodRide” korpusga ega to‘rt g‘ildirakli velosiped bo‘lib, bu jihat uni bir o‘rinli avtomobilga o‘xshash bo‘lishini ta’minlaydi. Korpus haydovchini noqulay ob-havo sharoitidan asraydi.
Velomobil pedallar yordamida harakatlanadi, bundan tashqari, elektr dvigatel bilan ta’minlangan. Kyelmanning o‘zi qurilmasini shinam va xavfsiz velosiped deb ataydi. Uning aytishicha, “PodRide” soatiga 60 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin, shuningdek, haqiqiy avtomobil kabi keng yukxonaga ega.