Noyob skaner

Oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibini aniqlovchi skaner yaratildi.

Qurilma nafaqat mahsulot nimadan tarkib topganini aniqlashga, balki unda qanday miqdorda vitaminlar borligi va uni qanday uzoq vaqt saqlash mumkinligini aniqlay oladi. Shuningdek, yangi qurilma istalgan non mahsulotida glyuten (oqsil) miqdorini aniqlashga imkon beradi.

Mahsulot aniqlanishi va uning ko‘rsatkichlari tahlili ikki bosqichda o‘tadi. Avval qurilma olingan ma’lumotni o‘zidagi bilan taqqoslaydi, so‘ngra mahsulot sirtini uning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash uchun o‘rganadi.

“SciO” deb nomlangan yangi qurilmani yaratishda uning ixtirochilari oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda ba’zi cheklashlarga ega odamlarga yordam berishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar. Misol uchun qurilma qandli diabet kasalligi bor odamlarga juda asqotadi. Uning yordamida ortiqcha harakatlarsiz yegulikning aniq tarkibi, undagi qand miqdori va boshqa moddalarni aniqlash mumkin.

Sh. XO‘JAQULOV

Yana o‘qing:  SPORT XABARLARI (2014/2)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: