SALOMATLIK SAFARI

Istiqlol yillarida xalqimizning turmush tarzini yaxshilash borasida ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, aholi salomatligini saqlash, ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ma’nan va jismonan barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida xayrli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

olaversa, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni qo‘llab quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Uzoq yillardan buyon yurtimizning chekka va olis hududlari aholisini qamrab olayotgan “Salomatlik” poyezdi loyihasi fikrimizning yaqqol isbotidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 1 avgustdagi “2014–2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatlig‘ini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori hamda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AK hamkorligida tashkil etilgan maxsus “Salomatlik” poyezdi 22 mart kuni Navoiy shahridagi “Tinchlik” bekatida tantanali kutib olindi.

Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan bu muruvvat va xayriya tadbiri bir necha yillardan buyon mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini hamda fuqarolarning tibbiy madaniyati va savodxonligini oshirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, manzilli muruvvat yordamlari ko‘rsatishga yo‘naltirilgan ezgu va xayrli ishdir. Bu esa, o‘z navbatida, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar izchilligini ham ta’minlab kelmoqda.

Har yili “Salomatlik” poyezdi doirasida respublikamizning Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida mana shunday tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida malakali shifokorlardan iborat ko‘chma tibbiy yordam brigadasi Navoiy shahridagi “Tinchlik” qo‘rg‘onida fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, amaliy yordam ko‘rsatdilar.

Fond tomonidan qariyb 649. 8 million so‘mlik insonparvarlik yordami yetkazildi.

“Salomatlik” poyezdi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining viloyat filiali hamrohligida Konimex, Tomdi, Nurota, Uchquduq tumanlaridagi olis ovullarda bo‘lib, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi hamda ularga amaliy yordam berdi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan fuqarolarga aniqlangan kasalliklariga qarab muolajalar tavsiya etilib, zaruriy dori-darmon vositalari tarqatildi.

Ushbu “Salomatlik” poyezdi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 2 ming 229 nafar fuqaro chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shifokorlar tomonidan kasalligi aniqlangan bemorlarga sog‘lomlashtirish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi.

Yana o‘qing:  Bola kulgusi, ona quvonchi – ulkan saodat

– Poyezdimizda tibbiy ko‘rik uchun zarur bo‘lgan barcha asbob-uskunalar mavjud. Aholi salomatligi, ayniqsa, ona va bola sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun qo‘limizdan kelgan yordamni ayamaymiz, – deydi tibbiy yordam brigadasining pediatr shifokori Nodira Zokirxo‘jayeva. – Bunday ezgu maqsadli tadbirni amalga oshirishda ko‘plab xalqaro tashkilotlar homiylik qilib kelmoqda. Ekologik jihatdan noqulay sharoitlarda yashovchi aholini, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish hamda bu xayr-saxovatli amalga keng jamoatchilikni jalb etish tadbirning asosiy maqsadidir.

Abdumutal NORBOYEV,

Navoiy viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: