JAMG`ARMA FAOLIYATIDAN

Toshkent shahar jamg‘armaning tayanch maskani Yangi yil bayrami va qishki ta’til kunlari shahardagi 300 nafar kam ta’minlangan oila farzandlarini O‘zbek Davlat sirki, “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan “Qor malikasi” nomli ertak namoyishi hamda “O‘zbekfilm” tomonidan suratga olingan bolalar filmlari o‘quvchilarning qishki ta’til kunlarini maroqli o‘tkazilishini ta’minladi.

Toshkent viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Yangi yil bayrami va yangi yil ta’tili kunlari viloyatda istiqomat qiluvchi 50 nafar kam ta’minlangan oila farzandlarini O‘zbek Davlat sirkida hamda 52 nafar bolajonlarni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan “Qor malikasi” nomli ertak namoyishlari orqali maroqli dam olishlari ta’minlandi.

Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali, Viloyat hokimligi hamda “Oila” ilmiy-amaliy markazi viloyat bo‘limlari hamkorlikda Xiva shahridagi 20-son “Mehribonlik” uyi hamda Urganch shahridagi 11-son “Go‘daklar” uylarida “Qorbobo sovg‘alari bor bobo” mavzusida tadbir o‘tkazilib, jami 55 nafar tarbiyalanuvchilarga jamg‘armaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Farg‘ona viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali yangi yil ta’tili kunlari viloyat bolalar shifoxonasidagi 60 nafar bemor bolalar xolidan manzilli xabar olinib, ularga bolalar o‘yinchoqlari va sovg‘alar berildi. Undan tashqari viloyatdagi harbiy qismlardagi 60 nafar harbiylarning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga dori-darmonlar berildi.

Andijon viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi viloyatdagi harbiy qismlardagi 258 nafar harbiylar va ularning oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga dori-darmonlar tarqatildi.

Abbosjon Ergashev

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Kollejda ixtiolog mutaxassislar tayyorlanadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: