O‘ZBEKISTON – UMUMIY UYIMIZ

Kuni kecha Toshkent Farmatsevtika instituti qoshidagi akademik litseyda “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Zulfiya Yeraliyeva boshchiligida tashkil etilgan kechada yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari, ustozlar va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Shu o‘rinda aytish kerak, bugun mamlakatimizda 100dan ortiq millat va elatlar bir oila bo‘lib, tinch-totuv hayot kechirmoqda. Ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan barcha huquq va erkinlari to‘la-to‘kis ta’minlangan.

Tadbirda bu kabi jihatlarga alohida to‘xtalib, yosh avlod qalbida boshqa millat urf-odatlari, an’analariga hurmat tuyg‘usini shakllantirish kerakligi aytib o‘tildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlari tanlagan davlatlar haqida slayd tayyorlab, ular to‘g‘risida ingliz tilida ma’lumot berishdi. U yerdagi an’ana, urf-odatlarni sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etishdi. Mohirona ijro etilgan qo‘shiq va raqslar jozibasi esa yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdi.

– Har yili ingliz tili kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tashkilashtiriladigan bu kabi tadbirlardan o‘quvchilar bir olam taassurotlar oladi, o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyish qiladi. Qolaversa, o‘zga millat va elatlar madaniyati, urf-odati bilan yaqindan tanishadi, – deydi akademik litsey direktori Ibrohim Sagatov.

Tadbir so‘nggida hakamlar hay’ati tomonidan har bir shart bo‘yicha guruhlar ishtiroki baholanib, yakunda g‘olib bo‘lganlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Nozima UBAYDULLAYEVA,

Toshkent Farmatsevtika instituti akademik litsey o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqdagi a’zoligini tikladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: