SINXRON SUZISH: RIO-2016 YO’LLANMASI UCHUN KURASH BOSHLANDI

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida sinxron suzish bo‘yicha XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalarini qo‘lga kiritish uchun saralash turniri o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz Anastasiya Ruzmetova hamda Yuliya Kim duet bahslarida vatanimiz sharafini himoya qilishyapti.

Musobaqaning birinchi kuni majburiy dastur bo‘yicha o‘tkazilgan bahslardan so‘ng yurtdoshlarimiz 21-natijani qayd etishdi. Endi sportchilarimiz erkin dasturda ishtirok etadilar va Rio-2016 o‘yinlarining yo‘llanmasiga ega bo‘lish uchun imkon darajada yuqori o‘rinlarni band etishlari talab qilinadi. Sababi, o‘tgan yilgi jahon chempionatidan so‘ng XXXI Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan 8 duetning nomi ma’lum. Rio-de-Janeyro shahrida boshlangan navbatdagi saralash musobaqasida esa qolgan 16 ta juftlik aniqlanadi. Buning uchun ikki dastur bo‘yicha kuchli 16 talikka kirish lozim.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Malakali tibbiy xizmat – sog‘lom hayot kafolati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: