MEN KO‘ZLAGAN MARRALAR HALI OLDINDA

Mahallamizda sport zali ochilib, yigit-qizlar sportning o‘zbek jang san’ati bilan shug‘ullana boshlaganida men ham albatta mashg‘ulotlarga qatnayman, deb o‘yladim. Mahallamiz “O‘rta arabxona” deb nomlanib, Samarqand tumanida joylashgan.

O‘zim o‘qiydigan 9-maktabdan shu xayollar bilan uyga keldim. Ota-onamga bu haqda aytgandim, dadam indamadi. Odatda, u biror nimadan norozi bo‘lsa shunday qilardi. Oyim ham fikrimni qo‘llab-quvvatlamadi. Noiloj… Men ham sport bilan shug‘ullanish haqidagi orzularimga chek qo‘ysammi, deb o‘ylab qoldim. Ammo har safar tengdoshlarimning sport zaliga quvnoq kayfiyatda kirib ketayotganini ko‘rsam, ko‘nglim allanechuk bo‘lardi. Nima qilsam ekan? Bir kuni darsdan so‘ng uydagilarga bildirmay sport zaliga kirib, tengdoshlarim bilan shug‘ullanib ko‘rdim. Murabbiyga vaziyatni tushuntirdim. U kishi “Iloji boricha ota-onangni ko‘ndir, mana bu qizlarni ham olib bor, o‘zlari gapirib bersin”, dedi. Shunday qildim. Oyim menga qayishdi. Keyin dadamga sezdirmay o‘zbek jang san’ati bilan shug‘ullana boshladim. Ozmuncha fursat o‘tmay, sport zalimizda shug‘ullanuvchi tengdoshlarim orasida musobaqa o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bunga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdim va birinchi o‘rinni egalladim. Oyim bu quvonchli xabarni dadamga yetkazganida menga jiddiy qiyofada bir qaradiyu, so‘ng birdan chehrasi yorishib kulib yubordi: “O‘zimning chempion qizimdan!”. Shu payti oyim ikkimizning quvonchimizni ko‘rsangiz edi. Axir bu dadamning menga oq fotihasi edi-da. Shundan so‘ng o‘zbek jang san’ati bilan yanada jiddiy shug‘ullana boshladim.

Ilk muvaffaqiyatimdan keyin ustozim Munis Mo‘minov menga katta ishonch bildirdi. Bu ishonchni oqlashim shart edi. Ko‘p o‘tmay, ya’ni, 2015 yilning may oyida Toshkentda o‘zbek jang san’ati bo‘yicha respublika yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim. O‘tgan yilning oktyabrida Rossiyaning Sochi shahrida o‘tkazilgan Sharq yakkakurash turlari bo‘yicha o‘tkazilgan 12-xalqaro ochiq chempionatda terma jamoa hisobiga bitta oltin va bitta bronza medal qo‘shib, Fransiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdim. Hozir 15 yoshdaman. 18 marta turli musobaqalarda qatnashib, ularning to‘qqiztasidan oltin medal bilan qaytdim. Oilamdagilar men bilan faxrlanadi. Lekin men erishmoqchi bo‘lgan natijalar hali juda ko‘p.

Aziza ShAMSIYEVA,

O‘zbekiston chempioni

Yana o‘qing:  O‘zi nima gap?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: