“O‘RGAN-O‘RGAT” tamoyili AMALDA!

Toshkent shahar Olmazor tumani 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining maktabgacha ta’lim bo‘limida “Ochiq eshiklar” kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga zaif eshituvchi bolalarning nutqidagi o‘zgarishlarni, olgan bilim, ko‘nikmalarini kuzatish, maktab-internat pedagoglarining ish tajribalarini o‘rganishga qaratildi.

Mashg‘ulotlar surdopedagog va tarbiyachilar tomonidan o‘tkazilib unda interfaol usullardan, didaktik o‘yinlardan foydalanildi. Ta’kidlash lozimki, bunday mashg‘ulotlar maktabgacha tarbiya yoshidagi zaif eshituvchi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda ularning eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzga o‘rgatish, lug‘at boyligini oshirishda katta o‘rin egallaydi. Bunday uslubda o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulotlar pedagolarni o‘z ustida ishlashga, izlanishga undaydi.

Ra’no MIRFAYAZOVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: