HAM NAFISLIK, HAM SALOMATLIK

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida ananaviy sport musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada respublikamizdagi 16 ta vazirlik va idoralarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar sportning gimnastrada, mini futbol, stol tennisi, shashka turlari va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro bellashdilar.

– 2015 yilda o‘tkazilgan musobaqalarda jamoamizga hakamlar hay’ati tomonidan “Eng shiddatli jamoa” deya ta’rif berilgan edi. Bu yilgi “Sog‘lom ona va bola yili”da o‘tkazilayotgan musobaqa natijalariga ko‘ra “Eng intizomli jamoa” nomini olishga sazovor bo‘ldik. Asosiysi, sog‘lom turmush tarzining bir bo‘lagi bo‘lgan jismoniy tarbiyaning inson hayoti, bo‘lajak ona va bola salomatligida qanchalik ahamiyatli ekanini shaxsiy namuna sifatida ko‘rsata oldik, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassisi, jamoa sardori Gulnora Usmonova.

Musobaqa g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E. Bositxonova ishtirok etdi.

M. QURBONOVA

Yana o‘qing:  JASORAT AYOLGA BEGONA FAZILAT EMAS

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: