SARATON KASALLIGINI ANIQLAYDIGAN TEZKOR TEST

Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan 10 daqiqada saraton kasalligini aniqlab beradigan test yaratildi. Bunda tahlil uchun bemor so‘lagidan foydalaniladi.

Bu usul barchaga suyuq biopsiya nomi bilan ma’lum laboratoriya tahlilidir. Muallif Devid Vongning so‘zlariga qaraganda testdan foydalanish bemorga qiyinchilik tug‘dirmaydi hamda kasallikni 100 foiz aniqlikda tekshirib beradi.

Shu yildan boshlab kasallikning yengil turi bilan xastalangan bemorlar klinik amaliyotdan o‘tkaziladi. U nafaqat saratonning yengil turini, balki barcha turdagi saraton kasalliklarini tekshiradi. Bundan tashqari uni diabet va boshqa kasalliklarda qo‘llash mumkin.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, tezkor test o‘sma kasalliklarini aniqlash va zudlik bilan davolashni boshlashda yaxshi samara beradi.

X. HUSENOVA

Yana o‘qing:  “AQLLI TARELKA” YARATILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: