BEMOR BOLALAR CHET ELDA SOG‘LOMLASHTIRIladi

Toshkent xalqaro aeroportida 11 nafar bemor bola davolanish uchun fond vakili hamrohligida Germaniyaga jo‘nab ketdi.

Ma’lumki, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga yordam berish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi qator loyihalarini amalga oshirmoqda. Shu maqsadda, fond tomonidan bemor bolalarni nufuzli chet el klinikalarida davolash maxsus dasturi ishlab chiqilgan.

2002 yilda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Hamkorlik doirasida 12 yoshgacha bo‘lgan bemor va nogiron bolalarni davolash va reabilitatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan. 2002–2016 yillar davomida 300 nafardan ortiq o‘zbekistonlik bemor bola terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanishdi.

Shunday xayrli ishlar natijasida Germaniya Respublikasidan sog‘lomlashtirilgan 13 nafar bola 21 fevral kuni yurtimizga qaytib keladi.

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  Farmatsevtika: soha istiqboli yo‘lida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: