MAZALI KULCHATOY
Zarur masalliqlar: Xamirga: 200 gr. un, 100 ml. iliq sut, 3-4 choy qoshiq xamirturush, 1 dona tuxum, 30 gr. sariyog‘, ta’bga ko‘ra tuz va shakar kerak bo‘ladi. Ustiga sepish uchun kunjut darkor. Qiymasiga: 200 gr. qiymalangan go‘sht, piyoz, pomidor, qizil bulg‘or qalampiri, bir bo‘lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq kungaboqar yog‘i, ko‘katlar, 4 osh qoshiq konservalangan makkajo‘xori, ta’bga ko‘ra tuz va murch.
Tayyorlanishi: Un va xamirturushni aralashtirib, sut, shakar, tuz va eritilgan sariyog‘ni ham qo‘shamiz. Tuxum oqini xamirga solib aralashtirib xamir tayyorlaymiz va ko‘tarilishi uchun qoldiramiz.
To‘rtburchak shaklda to‘g‘ralgan bulg‘or qalampiri, piyoz va pomidor 3-4 daqiqa davomida yog‘langan tovada qovuriladi. So‘ng masalliqlarga go‘shtni qo‘shib, qovurishni davom etamiz. Makkajo‘xori, sarimsoqpiyoz, tuz va ziravorlar solingach 2-3 daqiqa olovni o‘chirib, to‘g‘ralgan ko‘katlarni qo‘shib, dimlaysiz. Xamirni kichik zuvalachalarga ajratib chiqing. Har birini dumaloq shaklda yoyib, ichiga qiymani solib, tuging. Kulcha yuzasiga tuxum sarg‘ini surtib, kunjut sepamiz. Pishiriq 190 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechiga pishirib olinadi.
BEGOYIM