Menga baqirmang!

Amerikaning Pittsburg universiteti mutaxassislari 976 nafar oilada maxsus tadqiqot o‘tkazishdi.

Unga ko‘ra onasi yoki otasining baqirishlari bilan voyaga yetayotgan 13 yoshli o‘smir bolalar xulqida salbiy holatlar ko‘p kuzatilgan.

O‘smir yoshdagi farzandlarga salbiy so‘zlar (baqirish, haqoratlash, xo‘rlash, urish) bilan bosim o‘tkazish, ularning rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Psixologlar aynan shu kabi oilalarda tarbiyalanayotgan 13-14 yoshli o‘smirlarning maktabdagi xulq-atvori va o‘qishi bilan tanishishdi. Natijada juda achinarli bo‘ldi. O‘smirlar muassasada o‘zlarini yomon tutishlari arzimagan narsadan janjal ko‘tarishlari, yolg‘on gapirishlari va hattoki, besabab mushtlashishlari kuzatilgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra 90 foiz ota-onalar kun davomida farzandlariga kamida bir marta baqirishlari yoki qo‘pol muomalada bo‘lishlariga iqror bo‘lishgan. Olimlar ota-onalarga farzandlari bilan bunday munosabatda bo‘lish, keyinchalik ularning xulqida muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Yana o‘qing:  SARATONNI DAVOLAYDIGAN VAKSINA YARATILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: