“Osmono‘par” basseyn
Yaqinda Londonda shishadan yasalgan ajoyib basseyn paydo bo‘ladi. Ammo uni ko‘rish uchun boshni yuqoriga ko‘tarishga to‘g‘ri keladi.
Shishadan yasalgan hovuz ikkita turar-joy binosining o‘rtasida qad rostlaydi. “O‘tkir” hissiyotlarni yoqtiradiganlar ushbu ajabtovur basseynni yuqori baholashlari aniq.
“Loyiha o‘zining g‘alati “bezak”lari bilan ajralib turadi” – deb basseynga ta’rif beradi uning muallifi hisoblanmish Ballymore Group arxitektorlari.
Basseyn baland inshootning 10 qavatida quriladi. Uning maydoni 25 x 5 metrni, chuqurligi esa 3 metrni tashkil etadi. Arxitektorlarning so‘zlariga qaraganda, buncha hajmdagi suvni 20 sm. qalinlikdagi shisha bemalol ko‘tara oladi. Bu ajoyib loyihani real hayotga tatbiq etish shu yilda mo‘ljallangan. Uni 2017 yilning oxiri, 2018 yilning boshlariga kelib tugatish nazarda tutilgan.
Gulnoza EGAMBERDIYEVA