MERGANLARIMIZ OSIYo CHEMPIONATI SARI
O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Hindistonning Dehli shahriga yetib bordi.
25 yanvar yakuni start olib, 3 fevralda yakuniga yetadigan yilning ushbu dastlabki nufuzli musobaqasi Braziliyada bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma berishi bilan ahamiyatlidir. Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini jami 10 nafar sportchimiz himoya qiladi.
Sport miltig‘idan o‘q otish musobaqalarida Vadim Skorovarov, Sakina Mamedova, Margarita Orlova, Mariya Filimonova va Saidxon Sayfutdinov ishtirok etadi. To‘pponchadan o‘q otish bahslarida esa Vladimir Svechnikov, Lenara Asanova, Muslima Yo‘ldosheva, Artem Chernishev hamda Enver Osmanov olimpiya yo‘llanmalari uchun bahslarga kirishadi.
T. ORTIQOVA