Ustalar durdonasi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasida “Ustalar durdonasi” deb nomlangan ksilografiya san’ati ko‘rgazmasi ochildi.

Ksilografiya, ya’ni yog‘ochga o‘yma naqsh solish, nafis va bejirim asarlar yaratish kishidan katta mahorat va iqtidor talab qiladi. O‘zbekiston xalq rassomi Medat Kagarov ushbu yo‘nalishda samarali ijod qilgan ustalardan. Uning sharq mumtoz adabiyoti namoyandalari she’riy to‘plamlariga ishlangan bezaklari o‘ziga xos falsafa va mazmun-mohiyatga ega. Ustaning asarlari O‘zbekiston, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Rossiya, AQSH, Hindiston va Yaponiyadagi ko‘plab muzeylar hamda shaxsiy kolleksiyalardan o‘rin olgan.

Damir O‘razayev ham o‘yma naqsh san’ati sohasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Ustoz shoira Zulfiyaning “Tomchi” deb nomlangan she’rlar to‘plamiga ishlangan miniatyuralar muallifidir. Uning asarlari O‘zbekiston, Rossiya, Chexiya, Polsha muzey va galereyalarida saqlanmoqda.

Z. MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  Mittivoyning mitti ulovi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: