ELYeKTRPOSHNALI ETIK
“Orange” telekommunikatsiyalar kompaniyasi mutaxassislari hamda batareykalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Gotwind” firmasi ekspertlarining hamkorlikdagi izlanishlari zoye ketmadi. Ular ham kiyishga, ham mobil telefonlarini zaryadlashga mo‘ljallangan etik-akkumulyator yaratishdi. Dunyoga mashhur “Wellington” firmasi esa ushbu yangi mahsulotni sanoat asosida tayyorlab, sotuvga chiqara boshladi.
Antiqa poyabzal 12 soat kiyib yurilsa, qo‘l telefonini bir soat davomida zaryadlash kuchiga ega bo‘ladi. Tok quvvatini yanada oshirish uchun esa, etik sohibi odatdagidan-da faolroq harakatda bo‘lishi, masalan, raqsga tushishi yoki yugurishi kifoya qiladi.
Elektrposhnali etikda quvvat jamlanishi termoelektrik ta’sir qonuniyatlari asosida amalga oshadi. Soddaroq qilib aytganda, inson oyog‘idan chiqayotgan issiqlik va yerdan tarqalayotgan sovuq havo tarkibidagi termoelektrik unsurlar o‘zaro reaksiyaga kirishib, jajji qurilmalar yordamida tok hosil qiladi.
Mobil telefonini zaryadlash uchun uning shnurini etik-akkumulyator poshnasidagi maxsus uyaga ulash zarur.
Sh.Jabborov