2016 YILDAGI ILK ChAQALOQ FARG‘ONADA TUG‘ILDI

Yangi yilning ilk soniyalarida farg‘ona shahridagi markaziy tug‘ruqxonada qiz chaqaloq dunyoga keldi va u o‘zbekistonda 2016 yilda tug‘ilgan ilk chaqaloq sifatida qayd etildi.

Farg‘onada tug‘ilgan bu chaqaloqning vazni 3 kilogramm 684 grammni tashkil qiladi. Tug‘ilganlarni qayd etish kitobiga 2016 yilning 1 yanvar kunida soat 00: 01da Maftuna Sultonovaning farzandini dunyoga keltirgani haqida ma’lumot qayd etildi.

Bu qizaloq oiladagi ikkinchi farzand bo‘lib, ota-onasi uning “Sog‘lom ona va bola” yilida dunyoga kelganidan nihoyatda xursandligini ta’kidlashgan. Ayni vaqtda chaqaloq ham uning onasi ham o‘zini yaxshi his etmoqda.

J. XOLIQOV,

Farg‘ona viloyati

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: