Sport kiyimlari topshirildi
Poytaxtimizdagi 38-bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportchi qizlarga Prezidentimiz sovg‘asi – sport kiyimlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Zamonaviy sport inshootlari, musiqa va san’at maktablari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, ularni zarur uskunalar bilan jihozlash, yosh iqtidor egalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samaralarini bermoqda.
Bu boradagi ezgu ishlar izchil davom ettirilmoqda. Qizlar uchun yuqori sifatli, milliy va zamonaviy uslublar uyg‘unlashgan sport kiyimlari tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan poytaxtimizdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan 13 ming 333 nafar qizlarga ana shunday sport kiyimlari topshirish tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Tadbirda poytaxtimizning barcha tumanlaridan kelgan 150 dan ziyod qizga ana shunday sport kiyimlari taqdim etildi.
Tadbirda sportchi yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.
V.PO‘LATOVA