EY, SIZ AYOLLAR…

Yer yuzining deyarli barcha hududlarida ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq umr ko‘radi.

• Ayollar ko‘zlarini erkaklarga nisbatan ikki marta ko‘proq yumib-ochadi.

Dunyodagi ilk dasturchi ayollardan bo‘lgan. U XIX asrda yashagan angliyalik Ada Lavleys edi. Lavleys xonim Charlz Bebijning tahlil mashinasi uchun amaliyotlar rejasini tuzib borgan.

• Tadqiqotlar ayollarning yuragi erkaklarnikidan 20 foizga, miyasi 10 foizga kichik bo‘lishini ko‘rsatdi.

Ayollar kun davomida erkaklarga qaraganda uch barobar ko‘p so‘z ishlatadi.

• Ayollar odatda kishilarning yuzini yaxshiroq eslab qoladi.

Ayollar bir paytning o‘zida bir necha axborot oqimini qabul qila oladi.

• Janubiy Koreyalik Chxa Cha Sun ismli ayol 69 yoshida haydovchilik guvohnomasi olishga qaror qiladi va bunga besh yilda erishadi. Buning uchun u nazariy imtihonni 950 marta, amaliy imtihonni 10 marta qayta topshiradi. Uning qat’iyati va intiluvchanligidan hayratga tushgan “Hyundai” kompaniyasi vakillari Cha Sun xonimga avtomobil sovg‘a qilishadi. Ayol millat qahramoni sifatida e’tirof etiladi.

Orifjon MADVALIYEV tayyorladi.

Yana o‘qing:  VUJUD QO‘RG‘ONI HIMOYASIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: