MUNIRANING ISHTIYOQI BALAND

Yosh bo‘lishiga qaramay ko‘plab yutuqlarga erishib kelayotgan Munira Abdullayeva ham uch yildan buyon universal jang sporti bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Hozirda Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 20-bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘z mahoratini oshirib borayotgan qahramonimizning sportga ishtiyoqi baland.

Murabbiyi Bekzod Shavqiyev­ning aytishicha, Munira shu sababdan universal jang sirlarini qunt bilan o‘rganmoqda. Natijada ko‘plab nufuzli musobaqalarda ham sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Murabbiyning yana takidlashi­cha, maktabda bugungi kunda sportning badiiy gimnastika, futbol, basketbol, belbog‘li kurash kabi jami sakkiz turdagi sport seksiyalar tashkil etilgan. U yerda muntazam mashg‘ulot o‘tayotgan 614 nafar yosh sportchining 150 nafari Munira kabi yosh sportchi qizlardan iborat.

– Bugungi kunda yaratib berila­yotgan sharoit va imkoniyatlarni ko‘rib, farzandlarimga havasim keladi, – deydi Muniraning dadasi Abdumajid Abdullayev.

– Birgina mazkur sport maktabini olaylik. Bu yerda hozirda barcha qulayliklarga ega sport zallari faoliyat yuritmoqda. Farzandla­rimiz jismonan chiniqib, sog‘lom bo‘lib voyaga yetmoqda.

Maktabda Muniraning o‘zi kabi iste’dodli safdoshlari talaygina. Arofat Mirxalilova, Kamoliddin Rasulov, Mahzuna O‘roqova, Komila Norboyeva, Sultonmurod Tursunov singari umidli sportchilar O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari a’zolari. Ularning ko‘pchiligi bugungi kunda mamlakat birinchiliklari va xalqaro turnirlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Vasila PO‘LATOVA

Яна ўқинг:  Бола тарбиясини кимга ишонмоқ керак?

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: