BEGODI

Zarur mahsulotlar: Oshirma xamir uchun: 500 gr. un, 250 ml. iliq suv, 1 choy qoshiq xamirturush, 3 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 2 choy qoshiq shakar, 1 choy qoshiq tuz. Qiymasiga: 500 gr. go‘sht, 500 gr. karam, 1 ta piyoz, tuz, murch, ziravor kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: Oshirma xamir tayyorlab olamiz. Karamni mayda somoncha shaklida to‘g‘raymiz. Unga tuz qo‘shib, yaxshilab aralashtiramiz va 3-4 soatga qoldiramiz. Go‘sht va piyozni mayda qilib to‘g‘rab olib, karam, tuz va ziravorlarni solib yaxshilab aralashtiramiz. Oshgan xamirdan zuvalachalar yasab, doira shaklida yoyib olamiz. O‘rtasiga qiyma solib, bir chetidan tugib chiqamiz. Tugilgan pegodilarning xamirini biroz oshirib olamiz. Buning uchun pegodilarni ustiga sochiq yopib, 20 daqiqa xona haroratida qoldiramiz. Pegodi oshguncha qasqonda suv qaynatib olib, biroz oshgan pegodilarni yog‘ surtilgan qasqonda terib 45 daqiqa pishiramiz. Dasturxonga tortishdan oldin o‘z didingizga qarab bezatasiz.

BEGOYIM tayyorladi

Yana o‘qing:  KO‘Z HAM GRIPP BO‘LADIMI?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: