BISKVITLI PECHENYE

Zarur mahsulotlar: 4 stakan maydalangan yong‘oq, 10 osh qoshiqda saryog‘, 2 stakan qand upasi, 1 dona tuxum sarig‘i, 2 stakan un, ta’bga ko‘ra vanilin, tuz va iste’mol sodasi kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: gaz patnisi ustiga folga qog‘ozi qo‘yib, keyin unga chaqilgan yong‘oqni solib, 175 darajali haroratda 5-6 daqiqa qizdirib olamiz. Uy haroratida erigan saryog‘ga shakar, vanilin va ozgina tuz solib, mikser yordamida aralashtiramiz. Ushbu aralashmaga un asta-sekinlik bilan solib boriladi. Tayyor masalliqqa qizdirilgan yong‘oq maydalab solinadi. Yarim tayyor masalliqni folga qog‘ozi ustiga 4 sm. qalinlikda yoyib, keyin uni 1 soat muzlatgichga qo‘yamiz. Folga qog‘oziga jigarrang shakar sepib, xamirni bir tekisda yoyib chiqib, so‘ngra uni rulet shaklida o‘raymiz. Keyin ruletga tuxum sarig‘ini surtamiz. Va uni 2 sm. qalinlikda kesib, gaz patnisiga folga qog‘ozini solib, ruletlarni terib chiqamiz. Pechenyelarni qizigan gaz pechida 160 haroratda 15 daqiqada pishirib olamiz.

BEGOYIM tayyorladi

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: