KONSTITUTSIYa – MENING TAQDIRIMDA

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – davlatning bosh qonuni, shu davlatda yashovchi fuqarolarning huquqlari va majburiyatlarini o‘zida mujassam etuvchi asosiy mezon hisoblanadi. Konstitutsiyaning qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqning chinakam erkin va farovon hayot tamoyillariga yo‘g‘rilgan barqaror va yakdil jamiyat qurishdek buyuk maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatini huquqiy asoslab berdi.

Konstitutsiyamiz o‘tgan 23 yil mobaynida inson hayoti, uning naqadar aziz ekani, milliy qadriyatlarimiz, asori-atiqalarimizning asrab-avaylanishi, diniy bag‘rikenglik, davlatning siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy hayotini qamrab oluvchi qonuniy kafolat sifatida xizmat qilib kelmoqda.

Konstitutsiyada, ayniqsa, ta’lim sohasiga alohida urg‘u berilgan. Barchamiz yaxshi biladigan 41-moddada bepul ta’lim olish huquqi belgilangan. 42-moddada esa “Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi”, deya belgilab qo‘yilishi mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng dastlabki yillardanoq ta’lim va ilm-fan rivojiga e’tibor qaratilgani, buning negizida esa, shubhasiz, yoshlarning ziyoli, yuksak tafakkur va bilimga ega bo‘lishlari uchun amalga oshirilajak sa’y-harakatlar yotadi.

Yoshlarning mukammal ta’lim olishi, ularning idroki mahsuli hisoblanmish ixtirolarining nafaqat qo‘llab-quvvatlanishi, balki unga davlat mulki sifatida g‘amxo‘rlik qilinishi ularning porloq kelajagini, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga taratuvchi shijoatli o‘g‘il-qizlar bo‘lib kamolga yetishlarini ta’minlaydi. Darhaqiqat, Konstitutsiyaning har bir fuqaro hayotida, shu bilan birga yosh avlod istiqbolida beqiyos o‘rni mavjudligini o‘z faoliyatim, intilishlarim misolida ham ko‘raman.

Men ham Vatanimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida ko‘plab ko‘rik-tanlovlarda qatnashish, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritish, eng asosiysi ana shu bellashuvlar tufayli o‘z bilimlarimni oshirish baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlardan biriman. Jumladan, “Istiqbol g‘unchalari” ko‘rik-tanlovida faxrli 1-o‘rin, O‘zbekistonda adabiyotning kichik vakillarini namoyon etuvchi “Nafosat” yosh qalamkashlar ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida qatnashdim. “Eng yaxshi “Kamolot” YOIH yetakchisi”, “Eng yaxshi kitobxon” kabi e’tiroflarga sazovor bo‘ldim. Shuningdek, o‘qish davomida fan olimpiadalarida faxrli 1-2 o‘rinlar nasib etdi. Oliy ta’lim dargohida o‘qish mobaynida esa mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiruvchi ilmiy maqolalarim bilan qator yoshlar anjumanlarida ishtirok etdim va ular respublika ilmiy jurnallarida chop etildi. Bu yutuqlarimning zamirida, albatta, Bosh Qomusimiz – Konstitutsiyadagi huquqiy mezonlar, yurtimizning tinchligi va davlatimizning yoshlar istiqbolini ko‘zlab shakllantirilgan ustuvor dasturlari, g‘amxo‘rligi mujassam.

Yana o‘qing:  KOLLEJDAGI SOFLOM MUHIT

Bizga mana shunday imkoniyatlarni beruvchi ona Vatanimiz – O‘zbekistonimiz oldidagi burchlarni, Konstitutsiyaviy majburiyatlarimizni bajarish har birimizning asosiy maqsadimizga aylanmog‘i lozim. Zero, mamlakatimizning ertangi taqdiri qo‘limizda, u asrlar davomida og‘ir va mashaqqatli sinovlardan mardonavor o‘tib shu ulug‘ kunlargacha yetib keldi. Uni asrab-avaylab, Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shib, ozod va obod holicha kelajak avlodga yetkazib berish bizning asosiy vazifamizdir.

Muhiba ERGASHEVA,

O‘zMTDP Chilonzor tuman kengashi yetakchi mutaxassisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: