BOLALAR HIMOYASI VA MATBUOT

Poytaxtimizda “SOS – O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tomonidan bolalarni ijtimoiy himoya qilash masalalarining ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Ushbu tadbir doirasida Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlarida mas’ul idora va tuzilmalar hamkorligini kuchaytirishga oid loyiha samarali amalga oshirilmoqda. Loyiha asosida trener va ekspertlar guruhi shakllantirilib, voyaga yetmaganlar ishlari, vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyalar mas’ul kotiblari, mutaxassislar, inspektorlar, “Mahalla” hayriya jamoat fondi hududiy bo‘linmalari xodimlarining kasbga oid bilim va malakasini oshirish, faoliyatini muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Seminarda bosma va elektron OAV xodimlari bolalarning ijtimoiy himoyasiga oid milliy qonunchilik, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va bolalar bilan ishlash amaliyoti bilan tanishtirildi. Mashg‘ulotlar davomida interfaol o‘qitish uslublaridan keng foydalanilgani bolalarni ijtimoiy himoyalashga oid masalalarni yoritishda zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

M. TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-24)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: