Gimnastika barcha uchun

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xalqaro sport jamoatchiligi tomonidan yuksak baholanmoqda. O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi mamlakatimizda ushbu sportning barcha asosiy turlari – erkaklar va ayollar sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatikani ommalashtirishga doir izchil ishlarni amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston vakillarining gimnastika bo‘yicha qo‘lga kiritayotgan yutuqlari salmog‘i yildan yilga oshib bormoqda. Xalqaro gimnastika federatsiyasining 80-kongressi O‘zbekistonda o‘tkazilgani ham mamlakatimizda sport, xususan, gimnastikani rivojlantirishga qaratilgan e’tiborning yana bir e’tirofi bo‘ldi. Har yili an’anaviy tarzda “Gimnastika barcha uchun” O‘zbekiston chempionati o‘tkazilib kelinmoqda. 2014 yildan musobaqa dasturiga 50 yoshdan yuqori bo‘lgan uy bekalari hamda 10 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida bahslar kiritildi.

Bu yil yangi yo‘nalish bo‘yicha “Gimnastika barcha uchun” sport musobaqasi respublikamizning barcha viloyatlarida o‘tkazilib, 164 ta jamoa, 1 ming 968 nafar ishtirokchi qatnashadi. Sport musobaqalarining Toshkent shahar va Toshkent viloyati miqyosidagi bahslar poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 11-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tkazildi. Unda poytaxt hamda Toshkent viloyatidan 29 ta shahar va tumanlardan jami 348 nafar ishtirokchi qatnashdi.

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Go‘zallik va shijoat bahsi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: