BARVAQT TASHXIS SARATON XASTALIKLARINING OLDINI OLADI

Sir emas, aholi salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish, ko‘rsatiladigan tez tibbiy xizmatning sifatini yanada oshirish borasida mamlakatimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchi qishloq vrachlik punktlaridan boshlab, tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, shuningdek, yuqori texnologiyali yordam ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan markazlari yaxlit bir tizimga solingan bo‘lib, unda faqat yagona – inson hayoti, uning salomatligi bebaho ne’mat, degan tamoyil amal qiladi.

Yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasining mustahkamlanayotgani, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanishi shifokorlarga kasallikni vaqtida aniqlab, unga tashxis qo‘yib, davo choralarini qo‘llay olish imkonini bermoqda. Bu esa aholining o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi uzayib, onalar va bolalar o‘limi keskin kamayishiga zamin bo‘lmoqda.

Poytaxtimizda o‘tkazilgan Markaziy Osiyoda saratonga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro forum ham yurtimizda onkologik xastalikning oldini olish, uning xavfini kamaytirish, sohada samarali loyihalarni amalga oshirishdagi istiqbolli odimlardan biri bo‘ldi. Jahon sog‘liqni saqlash tizimida onkologik xastalik xavfliligi jihatidan yuqori o‘rinlarni egallaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2030 yilga kelib saraton o‘lim ko‘rsatkichi 11,6 millionni tashkil qiladi va sayyoramiz aholisining umumiy o‘lim va qarish ko‘rsatkichiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi ham bu xastalikning nechog‘li dolzarb ekanidan dalolat beradi.

Mazkur forumda xavfli o‘smalar epidemiologiyasi, uni erta tashxislash, skriningi va davolash bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston, AQSH, Avstraliya, Hindiston, Turkiyadan tashrif buyurgan 70 nafardan ortiq xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda yurtimizdan 200 nafar soha xodimlari ishtirok etishdi. Onkologiya bo‘yicha milliy dastur – Noinfeksion kasalliklar bilan kurashish milliy dasturining muhim amaliy sa’y-harakati hisoblanadi. Bu esa Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining noinfeksion kasalliklar bo‘­yicha harakatlar global rejasiga muvofiq kasalliklarga qarshi kurash olib borish bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishish imkonini beradi. Forumning o‘tkazilishidan maqsad – saraton kasalliklari nazorati bo‘yicha reja ishlab chiqish, takomillashtirish, uni tatbiq etishda Markaziy Osiyo davlatlari, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi vakillarining imkoniyatlarini yaxshilashdir.

Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi IX bob, 40-modda.

Saraton kasalliklariga qarshi kurash milliy rejalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, amalda tatbiq etishda 12 oylik tadbir ishlab chiqish, sohada strategik milliy rivojlantirish muhimligini va uni amalga oshirish zaruriyatini tushuntirish, noinfeksion kasalliklar (bachadon bo‘yni saratoni), ularning xavf omillari, shu jumladan, V va S gepatitlarni nazoratida onkologik kasalliklar nazorati bo‘yicha maxsus rejaning dolzarbligini ko‘rsatish mazkur forumdan ko‘zlangan maqsadlardan biri sanaladi.

Yana o‘qing:  OIVGA ChALINMASLIK VA OITSNING OLDINI OLISH: MUAMMOGA YANGICHA YONDOSHUV

Ta’kidlash joiz, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida xavfli o‘smalarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha dunyo tajribasini jamlagan holda, onkologik xizmat tizimini xalqaro talablarga mos ravishda qayta jihozlash dasturini ishlab chiqdi. Yurtimizning bir nechta hududlarida onkologik xizmat muassasalari qayta qurildi va rekonstruksiya qilinishi soha mutaxassislarining faoliyati yangi bosqichga ko‘tarilishida yaxshi dasturilamal bo‘ladi.

Olim IMAMOV,

Respublika onkologiya ilmiy markazi ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: