O‘ZBEKISTONDA YANGI VAKSINA QO‘LLANISH ARAFASIDA

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Prevenar 13-pnevmokokga qarshi vaksinaning amaliyotga joriy etilishi pnevmokokk infeksiyasining oldini olishda ishonchli qadam” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Res­publikasi Sog‘liqni salqash vazirligi sanitariya-epidemiologiya xizmatining yetakchi mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida tizimli ravishda amalga oshirib kelinayotgan izchil sa’y-harakatlar natijasida aholi o‘rtasida ko‘plab yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemik vaziyatning barqarorligi ta’minlanmoqda. 2002 yilda JSST tomonidan mamlakatimizga “O‘zbekiston poliomiyelit kasalligidan ozod hudud”ligi to‘g‘risidagi nufuzli xalqaro sertifikat berilganligi barchamiz uchun quvonchlidir.

So‘nggi yillarda respublikada poliomiyelit, qizamiq, qizilcha va virusli V gepatitiga qarshi ommaviy emlash kunlari o‘tkazilib kelinmoqda. Mamlakatimizda profilaktik emlash siyosati “Fuqarolar sog‘lig‘ini himoyalash to‘g‘risida” va “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunlar asosida olib boriladi. Emlash tadbirlari davlat byudjeti hisobidan tashkil qilinadi.

Davlatimiz tomonidan emlash dasturini moliyalashtirishga alohida e’tibor berilayapti. 2015 yilda vaksinalarni xarid qilish uchun 13 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratildi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga tayangan holda Milliy emlash kalendari doimo takomillashtirilib borilmoqda.

Aholi orasida o‘tkir ichak kasalliklari bilan xastalanishni kamaytirish maqsadida 2014 yildan boshlab rotavirus infeksiyasiga qarshi emlash amaliyotga kiritildi. Virusologiya ITI ma’lumotlariga ko‘ra 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida diareya xastaliklari bilan kasallanish 30 foizga kamaydi.

2015 yilning 2 noyabridan yurtimizdagi davolash-profilaktika muassasalarida emlash punktlarida bolalarni 2, 3 va 12 oylikda pnevmakokk infeksiyasiga qarshi emlash boshlanadi.

G. ShIRINOVA

Yana o‘qing:  Bilimning avvali – til

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: