Millat ko‘rki
Poytaxtimizdagi Xalq ta’limi vazirligi tassarrufidagi tabiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umum’talim maktabida “Til bor ekan, millat barhayot” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek tili nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Qator xorijiy oliy o‘quv yurtlari, ilm-fan muassasalarida o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularga tilimizni o‘rganish istagida bo‘lganlar keng jalb etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanishga puxta zamin yaratishi bilan birga, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlariga hurmat bilan qaralishida muhim asos bo‘lmoqda.
– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi ona tilimizning keng ko‘lamda rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Rayhon Rasulova. – Chunki bugungi kunda dunyoda uch mingdan ortiq til va shevalar bor. Ularning atigi yuzga yaqiniga davlat tili maqomi berilgan. O‘zbek tili ulardan biridir.
Tadbirda o‘zbek tilini madh etuvchi she’r va qo‘shiqlar yangradi.
V. PO‘LATOVA