“GUL” SOMSA

Zarur mahsulotlar: Xamir uchun: 200 gr. un, 100 ml. sut, 4 choy qoshiq xamirturush, 1 dona tuxum, 30 gr. sariyog‘, ta’bga ko‘ra tuz va shakar, kunjut. Qiymasi uchun: 200 gr. go‘sht, 1 bosh piyoz, pomidor, qizil bulg‘or qalampiri, bir bo‘lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq kungaboqar yog‘i, ko‘katlar, 4 osh qoshiq konservalangan makkajo‘xori, ta’bga ko‘ra tuz va murch.

Tayyorlanishi: Un va xamirturushni aralashtiring. Sut, shakar, tuz va eritilgan sariyog‘ni ham qo‘shing. Tuxum oqini xamirga solib, sarig‘ini alohida idishga olib qo‘ying. Masalliqlarni aralashtirib, xamir tayyor bo‘lgach, ko‘tarilishi uchun qoldiring. To‘rtburchak shaklda to‘g‘ralgan bulg‘or qalampiri, piyoz va pomidorni 3-4 daqiqa davomida yog‘langan tovada qovuring. Masalliqlarga go‘shtni qo‘shib, qovurishni davom ettirasiz. So‘ng makkajo‘xori, sarimsoqpiyoz, tuz va ziravorlar solinadi. 2-3 daqiqadan keyin olovni o‘chirib, to‘g‘ralgan ko‘katlarni qo‘shib dimlaysiz.

Xamirni kichik zuvalachalarga ajratib chiqing. Har birini dumaloq shaklda yoyib, ichiga qiymani solib, tuging. Kulcha yuzasiga atalangan tuxum sarig‘ini surtib, kunjut sepasiz. Somsa 190 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo‘yiladi.

BEGOYIM

Yana o‘qing:  Jurnalistlar uchun media-tur

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: