Inson baxti – mehnatda

Hozirgi tezkor axborot asrida barcha soha xodimlaridek shifokorlardan mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda aholi salomatligiga mas’ullik hissini chuqurroq tuyish, kasallikka tez va aniq tashxis qo‘yish, unga o‘z vaqtida davo choralarini beligilash kabi qator vazifalarini yuklaydi.

Kasbiga nisbatan burch va mas’uliyatini his etib, hamisha birovlarga yaxshilik qilishga intiladigan, o‘zining halol va fidokorona mehnati bilan o‘zgalarga madadkor bo‘lishni umrining asl mazmuni deb biladigan insonlargina o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni mas’ullik bilan ado etadi. Salomatlik yo‘lida kishilar koriga doimo kamarbasta bo‘lib, unga yuklatilgan burchni ado etayotgan mohir jarroh Toshpo‘lat aka Matibayev ham ana shunday insonlar sirasiga kiradi. Ayni kuch-quvatga to‘lgan, hayotiy tajribasi, ish malakasi oshgan yoshdagi Toshpo‘lat aka mehnatga chanqoq, o‘zi ham tinmaydi o‘zgalarni ham tindirmaydi. Yuz-ko‘zidan samimiy iliqlik ufurib turgan qahramonimizga ko‘pchilik fidoyi, jonkuyar inson deya ta’rif beradi.

Chimkent viloyatining Turkiston shahrida tavallud topgan Toshpo‘lat aka bolalikdan shifokor bo‘lishni niyat qilgan. Onasi Anipa ona betob bo‘lganda tajribali shifokorlarning muolajalaridan shifo topishi sabab uning yoshlikdagi orzusi yanada qat’iy ahdga aylandi. Onasi, akalari ham orzulari bir olam Toshpo‘lat akaga ishonch bildirishdi. Shifokor bo‘lishga kuchli ishtiyoq va intilish uni 1982 yil Samarqand davlat tibbiyot institutiga yetakladi. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Toshpo‘lat aka Matibayev talaba degan nomga sazovor bo‘ldi. Endi navbat ilm cho‘qqilarini zabt etish edi. Iqtidorli talaba tibbiyot sirlarini chuqur chanqoqlik bilan o‘rgandi va 1988 yili oliygohning davolash ishi fakultetini muvaffaqiyatli tamomladi.

T. Matibayev internaturani Temir yo‘l klinik kasalxonasida o‘tab, shifokorlik faoliyatini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha davom ettirdi. Keyinchalik u “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK sog‘liqni saqlash xizmatining sil kasalligiga qarashli dispanser boshlig‘ining o‘rinbosari, “Sihatgoh” sil bo‘yicha sanatoriy profilaktoriyasi bosh shifokori bo‘lib ishladi. U qayerda ishlamasin hamisha insonlar dardiga malham bo‘lishni vijdon amriga aylantirdi. Hozirda Toshpo‘lat aka Matibayev soha bo‘yicha tajribali shifokor bo‘lib halqqa beminnat xizmat ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda u “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK sog‘liqni saqlash xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Yashnobod tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati sanaladi. Izlanuvchan, tajribali bu insonning ustozlari juda ko‘p. Bugun taraqqiyot shiddat bilan olg‘a intilmoqda. Shunga yarasha uning o‘zi ham o‘z ustida tinimsiz ishlab, malakasini doimiy oshirib bordi.

Yana o‘qing:  Poytaxtimizda “Atrof-muhitni himoyalash va barqaror rivojlanish borasida hamkorlikni mustahkamlash” mavzuida Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi ish boshladi

Hamisha yangilikka intiluvchan, izlanish hayotining mazmuniga aylangan Toshpo‘lat Matibayev o‘z sharafli burchining qadrini baland tutib hayot yo‘lini farovon etgan insonlardan biridir.

Oygul RAZZOQOVA,

jurnalist

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: