Sport xabarlari (2015–38)

VELOMARAFON

Poytaxtimizda “Kamolot-tur” VIII yoshlar velomarafonining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi velomarafon ham yoshlarda sportning ushbu turiga qiziqish oshayotganini namoyish etdi.

Velomarafonning hududiy bosqichlarida g‘alaba qozongan 42 nafar yosh velopoygachi poytaxtlik havaskor velosportchilar bilan birga 13 kilometrlik masofani bosib o‘tdi. Farg‘onalik Abdulaziz Ergashev, xorazmlik Mahmudjon Sharipov, qashqadaryolik Arslon Tursunov, toshkentlik Javohir Egamberdiyev, Anvar Ahmadaliyev, Toshkent viloyatidan Doston Ollomov, andijonlik Muhammadaziz Tursunboyev, Mansur Yo‘ldoshev, navoiylik Valeriy Karakulin g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Velomarafon ishtirokchilari “Eng yosh poygachi”, “Faxriy velopoygachi”, “Eng mahoratli texnik velopoygachi”, “Eng irodali velopoygachi” va “Velopoygachilar oilasi” nominatsiyalari bo‘yicha ham taqdirlandi.

OG‘IR ATLETIKA

Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida sportchilarimiz bitta oltin va to‘rtta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Qit’amizning o‘ttizga yaqin davlatidan 160 nafardan ziyod sportchi ishtirokida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada tajribali sportchimiz Ivan Yefremov vazni 105 kilogrammdan yuqori bo‘lgan polvonlar bahsida dast ko‘tarishda 193 kilogramm natija ko‘rsatib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sportchimiz siltab ko‘tarish bahslarida 220 kilogramm, ikkikurashda 413 kilogramm natija qayd etib, ikkita bronza medal bilan taqdirlandi.

Yana bir iqtidorli sportchimiz Avaz Idiyev vazni 105 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar bahsida shtangani siltab ko‘tarishda 193 kilogramm natija ko‘rsatib, uchinchi o‘rinni egalladi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda qatnashgan Omadoy Otaqo‘ziyeva vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida shtangani siltab ko‘tarishda 117 kilogramm natija bilan bronza medalga loyiq topildi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Sharq gavhariga sayohat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: