MATBUOT – DAVR KO‘ZGUSI

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan bosma ommaviy axborot vositalarini tarqatishni yanada takomillashtirish yo‘lidagi chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mamlakatimizda vaqtli matbuot nashrlarini obunachilarga tez va sifatli yetkazib berish, aholiga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi dasturga muvofiq “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi matbuot tarqatish shoxobchalarining 716 tasi joriy, 181 tasi kapital ta’mirlandi. Joylarda marketing tadqiqotlariga asosan aholi gavjum joylarda 146 shoxobcha hamda Toshkent shahrida yangi tipdagi kiosklardan 93 tasi joylashtirildi.

Joriy yilda kompaniyaning obunani rasmiylashtirish va yetkazib berish xarajatlari bo‘yicha tariflari sezilarli darajada pasaytirildi hamda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining davriy nashrlarni viloyat markazlarigacha yetkazib berish tariflari o‘tgan yil miqdorida saqlab qolindi. Kompaniya imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 2016 yil uchun obuna kataloglari shakllantirilganda ba’zi nashrlarga, xususan, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega va bolalar nashrlariga imtiyozlar qo‘llanildi.

Ayni paytda 2016 yil obunasini uyushtirishda mushtariylarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida aholi gavjum joylardagi 840 kiosk orqali vaqtli matbuot nashrlariga obuna tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, kompaniyaning veb-saytida davriy nashrlarga obunani rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur saytda aholi va tashkilotlar uchun obuna katalogining elektron ko‘rinishi joylashtirilgan.

Obuna mavsumida mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida kompaniya shoxobchalaridagi terminallar 314 taga ko‘paytirildi. Shu bilan birga, “Web-Sum”, “Internet banking”, “CLICK” to‘lov tizimlari orqali obuna uyushtirish va hisob-kitob ishlarini amalga oshirish imkoni yaratilgan.

Jamila Haydarova,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Muzeylarda moziy nafasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: