TOVUQ GO‘ShTLI PAHLAVA
Zarur mahsulotlar: 700 gr. un, 150 ml. sut, 100 gr. yumshoq sariyog‘, ozgina tuz, 1 qoshiqcha achitqi (xamirturush), 1 choy qoshiq iste’mol sodasi, 3 dona tuxum.
Tayyorlanishi: Hamma masalliq solinib qo‘lga yopishmaydigan va yumshoq xamir qorib, tindirib qo‘yamiz. 1 kg. tovuq go‘sht. 1 dona piyoz mayda to‘g‘raladi. 150 gr. smetana yoki mayonez, tuz, zira, murch, ta’bga ko‘ra maydalangan qalampir solib hammasi aralashtiriladi va 1 soat tindirib qo‘yiladi. Oshgan xamirni besh bo‘lakka bo‘lib, ingichka qilib yoyiladi. Gaz pechi patnisini yog‘laymiz va unga bir bo‘lak yoyilgan xamirni joylab, ustiga qiyma solinadi. 1 qavat pomidor parrak-parrak qilib to‘g‘ralgan pomidor teriladi. U faqat pastdagi birinchi va eng ustki qavatga teriladi. Qolgani ham shu tartibda qavatlanadi. Oxirgi xamirni ustiga yoyishdan avval bir qator ingichka kesilgan pishloq teriladi. So‘ng xamir yopib tuxum sarig‘i suriladi. Pahlavadek kesib, 200 daraja haroratda qizib turgan duxovkaga qo‘yiladi. Usti ozgina qizargach, duxovkadan olinadi va eritilgan saryog‘ni bir tekisda pahlava ustiga surtiladi. Yana duxovkaga qo‘yib, to‘liq pishirib olamiz.
BEGOYIM