Farzand sog‘lom bo‘lsa, oila mustahkam

Koreya Respublikasining In xa universiteti gospitalining bir guruh shifokorlardan tashkil topgan delegatsiya o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Ushbu aksiya “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va uning hamkorlari tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar doirasida o‘tkazilmoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Tibbiy-ijtimoiy markazida nevrolog, pediatr, oftalmolog, gastroenterolog, ortoped, neyroxirurg kabi malakali mutaxassislar tomonidan asosan ayollar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Aniqlangan tashxis bo‘yicha ularga dori-darmon va vitaminlar tarqatildi.

Bu albatta, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya fondining jismonan baquvvat, ma’nan yetuk farzandlarni tarbiyalashda, onalik va bolalikni muhofaza qilish, “Sog‘lom avlod” harakatini rivojlantirish maqsadida olib borayotgan ezgu harakatlaridan biridir.

– O‘zbekistonga oltinchi bor kelishim. Navbatdagi tashrifimiz mamlakatingiz mustaqillik bayrami nishonlanayotgan kunlarga to‘g‘ri keldi, – deydi Koreya Respublikasining In Xa Universiteti gospitali delegatsiyasi administratori Kim Chung Min. – Yurtingizda fuqarolar sog‘ligini saqlashga, ayniqsa, ayollar va bolalar salomatligiga katta e’tibor berilayotgani bu millatning kelajagiga e’tibor degani. Ana shu ezgu amalga biz ham o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz.

Xorijlik shifokorlar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bolalar ortopediyasi va travmotologiyasi bo‘limida ortopedik nuqsoni bo‘lgan bolalarni bepul operatsiya qilishdi. So‘ngra Toshkent viloyatidagi “Ariran” qariyalar uyi hamda Navoiy shahrida bo‘lib aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni rejalashtirishgan.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Sport xabarlari (2015-31)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: