Hamjihatlikda hikmat ko‘p
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 31 martdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va davlat muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ning talablarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda qo‘mita vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda kamchiliklarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar berildi. Seminar doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etib, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ch. XUSHVAQTOVA
“Sog‘lom avlod” muxbiri