XALQARO HAMKORLIK: aholi salomatligini asrashda muhim omil

Poytaxtimizda MDH davlatlari gepatopankreatobiliar jarrohlar uyushmasining XXII xalqaro kongressi o‘z ishini boshladi.

Anjuman O‘zbekis­ton Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi,

V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi, MDH davlatlari gepatopankreatobiliar jarrohlar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Fransiya kabi yigirmaga yaqin mamlakatdan olim, shifokor va yosh tadqiqotchilar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Darhaqiqat, Prezidentimizning 1998 yil 10 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni asosida soha tubdan takomillashtirildi. Xususan, kasalliklarning oldini olish, samarali davolash, insonlarning umrini uzaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilayotgani fikrimizning tasdig‘idir.

Bu borada V. Vohidov nomidagi Respub­lika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining alohida o‘rni bor. Oshqozon-ichak yo‘llari, o‘t qopi, jigar, o‘pka, umurtqa, yurak va tomir kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan ushbu markaz mintaqadagi yetakchi tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Jarrohlik markazida AQSH, Italiya, Malayziya, Rossiya, Fransiya, Xitoy kabi davlatlarning yetakchi klinikalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston tibbiyotida erishilayotgan yutuqlarni yuqori baholar ekan, o‘tgan davrda mamlakatimizda tibbiy xizmatning jahon andozalari darajasidagi o‘ziga xos milliy modeli yaratilganini ta’kidladi, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaralarini yuqori baholadi.

Kongress doirasida mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, jumladan, gepatologiya va pankreatologiya sohalarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlab tashkil etilgan ko‘rgazma va hujjatli film namoyishi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, anjumanda mamlakatimiz va dunyoda gepatologiya va pankreatologiya sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar, istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.

Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Ikromov so‘zga chiqdi.

Navro‘z NORBOBOYEV,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Sog‘liqni saqlash vazirligi: sifatli va arzon dori ta’minoti hamisha nazoratda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: