TO‘G‘RI OVQATLANISH – UZOQ UMR KAFOLATI
Sog‘lom ovqatlanish insonning uzoq umr kechirishini ta’minlovchi muhim mezondir. Cog‘lom turmush tarzini shakllantirish jarayonida bu eng asosiy vositalardan biridir.
Mamlakatimizda ushbu sohadagi vazifalarni hayotga tatbiq etishning mustahkam huquqiy va tashkiliy mexanizmlari yaratilgan. Sog‘liqni saqlash tizimining moddiy-texnik salohiyati takomillashayotgani diagnostika va davolash ishlari sifatini oshirish, tibbiy-profilaktika xizmatini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda. Oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, xalqimizni yurtimizda yetishtirilgan ekologik sof, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishi sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni izchil davom ettirishda muhim dasturilamal bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.
Davra suhbatida mamlakatimizda aholining sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish sohasidagi chora-tadbirlar samaralari, bu yo‘nalishda jahon tajribasi, davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihalar, targ‘ibot dasturlari xususida ma’ruzalar tinglandi.
G. ShIRINOVA,
“Sog‘lom avlod” muxbiri