G‘ALABA DAVOMLI BO‘LSIN
Janubiy Koreyaning Ansong shahrida 7-10 avgust kunlari Osiyo klublari o‘rtasida futbol festivali o‘tkazildi.
Unda yurtimiz sharafini “Paxtakor” akademiyasining 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari himoya qildi. Dmitriy An boshchiligidagi jamoa Mo‘g‘ulistonning “DMU Sport”, Janubiy Koreyaning “Juyun”, “Jovanni akademiya” va “Jey sokker A” jamoalarini mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrin sohibi bo‘ldi.
– Klublar o‘rtasidagi festival janubiy koreyaliklar tomonidan juda yuqori saviyada tashkil etildi. Bolalar boshqa mamlakat jamoalari bilan bahslarda o‘z kuchlarini sinab ko‘rdi. Gap natijada emas. Shogirdlarim ilk bor xorijga safar qilib, xalqaro musobaqada ishtirok etdi. Ular bundan katta taassurotlar oldi, – deydi Dmitriy An.